Ingliz tili-II fakultetida fakultet talabalari uchun davlat stipendiyalari hamda xalqaro loyiha va grantlarni qo’lga kiritish bo’yicha seminar-trening tashkil etildi.
Seminarda institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Sh.Ashurov fakultet dekani O.Yusupov, dekan o’rinbosarlari, fakultetda tahsil oluvchi davlat stipendiyalari sovrindorlari hamda talabalar ishtirok etishdi.
Bir qator imkoniyatlar yaratilganligi, jumladan, startap loyihalari, respublika va institut miqiyosida innovatsion loyihalarni qo’llab-quvvatlashga ajratilgan mablag’lar va ulardan samarali foydalanish tartibi, davlat hamda xalqaro grantlarini qo’lga kiritish tartiblari va ularga qo’yilgan talablar borasida bir qator tavsiyalar berdi Sh.Ashurov o’z nutqi davomida.
Seminar-trening davomida fakultet dekani O.Yusupov davlat stipendiyalari va xalqaro grantlarni rasmiylashtirish tartiblari to’g’risida qo’shimcha ma’lumotlar berdi.
Davlat stipendiyalari sohib va sohibalari o’zlarining shaxsiy tajribalarini talabalar bilan bo’lishdi. Qo’shimcha ravishda ilmiy maqolalar yozish va ularni chop ettirish bo’yicha zaruriy tavsiyalar bilan o’rtoqlashishdi.
Jarayon so’ngida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va kelajakda bu kabi seminarlar sonini ko’paytirish bo’yicha o’zlarining fikr hamda mulohazalarini bildirishdi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain




