Bugungi kunda zamon talablariga mos, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlab chiqarishda pedagoglarning vazifasi va o’rni katta ahamiyatga egadir.
Pedagoglar talaba-yoshlarga taʼlim hamda tarbiya berishi bilan birgalikda oʼqituvchilik va pedagoglik mahoratlarini, sirlarini ham o’rgatib, tushuncha hamda ko’rsatmalar berib borishi lozimdir.
Bugun, 12-mart kuni Ingliz tili-I fakulteti 120-guruhida “Faoliyatning psixologik talqini. Shaxs.” mavzusida bo’lib o’tgan seminar darsi talaba-oʼqituvchi roli usulida oʼtkazildi.
Ushbu seminar dars mashg'ulotida talabalarda oʼqituvchilik mas’uliyati, novatorlik, innovatsion faoliyatni tashkil etish, jamoa bilan ishlash, professional kasbning kompetensiyasini tushunish, mutaxassislikka oid bilimlarni egallash kabilar amaliy mashg’ulot sifatida o’rganildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain






