2018-yil 14-18-sentabr kunlari Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida xorijliklar orasida O’zbekistonning turistik salohiyatini namoyish etish, madaniyatlararo muloqot, xalqaro madaniy almashunuv maqsadida “Yoshlar turizm festivali” (Millennials’ Tourism Fest) bo’lib o’tmoqda. Festivalda Samarqand davlat chet tillar institutining bir guruh faol yoshlari bilan bir qatorda Turkiya, Qozog’iston, Qirg’iziston Respublikalari Oliy ta’lim muassasalari, shuningdek Urganch davlat universiteti, Buxoro davlat universitetidan tashrif buyurgan bir guruh talabala yoshlar ishtirok etmoqda.

15-sentabr kuni Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirsh instituti rektori J.Salixov festivalni ochib berdi. 15-16-sentabr kunlari festival dasturi o’zbek milliy taomlarini tayyorlash bo’yicha master klass, o’zbek milliy kiyimlari namoyishi, Respublika qo’g’irchoq teatri chiqishi, gala konsert, Toshkent viloyatiga agro-gastronomik sayohat, Toshkent shahri bo’ylab ekskursiyalarni o’z ichiga oldi. 17-sentabr kuni “O’zbekiston va xorijda turizm sohasiga innovatsiyalarni jalb etish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida turizm sohasining yetakchi mutaxasislari o’z taqdimotlari bilan chiqish qilishdi. Festivalning so’ngi kunida ayni mavzuda talabalar taqdimoti rejalashtirilgan.

Share:
2018-09-18 17:00:00 82