Italiyaning O’zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi janob Agostino Pinnaning joriy yil fevral oyidagi SamDCHTIga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar natijasida elchixona tashabbusi bilan Italiyaning Venetsiya shahridagi Ka’-Foskari universiteti bilan onlayn videokonferensiya bo’lib o’tdi.
Videokonferensiyada Italiyaning O’zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi janob Agostino Pinna, Italiyaning Venetsiya shahridagi Ka’-Foskari universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti va O’zbekiston jahon tillar universiteti ma’muriyati vakillari ishtirok etishdi.
Ka’-Foskari universiteti dunyodagi TOP 1000 talikka kiritilgan oliygohlardan biri hisoblanib, O’zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari bilan ilk marotaba hamkorlik munosabatlarini yo’lga qo’ymoqda.
Italiyalik talabalar uchun Samarqand davlat chet tillar institutida Markaziy Osiyoshunoslik bo'yicha yozgi kurslarni tashkil etish, professor-o’qituvchilar hamda talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish, qo’shma ta’lim dasturlarini joriy etish, shuningdek, institut talabalari uchun Ka’-Foskari universitetida stajirovkalarini tashkil etish kabi imkoniyatlar muhokama qilindi hamda dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, navbatdagi uchrashuvda tomonlar o'rtasida hamkorlik Memorandumi va hamkorlik shartnomalarini imzolashga kelishildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain







