2021-yilning 9-aprel kuni Versal Akademiyasining o'qituvchilarni tayyorlash milliy instituti va Samarqand davlat chet tillar instituti rahbariyati vakillari o'rtasida onlayn uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuvda Erasmus+ dasturi ICM loyihasi bo'yicha 2021-2022 o'quv yilida mobillik loyihalarini amalga oshirish bo'yicha masalalar batafsil muhokama qilindi.

Ushbu loyiha tanlovida fransuz tilini o'rganayotgan Samarqand davlat chet tillar institutining barcha talabalari ishtirok etishlari va grant sohibi bo'lishlari mumkin. Fransuz tilida erkin gaplasha olish va fransuz tilida 3 daqiqalik motivatsiya videoroligini tayyorlash tanlovning asosiy talabidir.

Tanlovdan muvaffaqiyatli o'tgan ikki nafar talaba 2021-yilning sentabr oyidan bir semestrlik stajirovka o'tash uchun Fransiyaga yuboriladi. Avval xabar qilinganidek, hozirda SamDCHTIning ikki nafar talabasi Versal Akademiyasida ushbu dastur asosida stajirovka o'tashmoqda.

Tanlovda ishtirok etishni istagan talabalar 25-aprel kuniga qadar fransuz tili va adabiyoti kafedrasiga yoki institut xalqaro hamkorlik bo'limiga murojaat qilishlari va tanlov shartlari bo'yicha batafsil ma'lumot olishlari mumkin.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-04-10 09:30:00 118