Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʼlimining 2021-yil 21-apreldagi 58-son qaroriga asosan Samarqand davlat chet tillar institutida oʼquv jarayonlari 2021-yil 22-apreldan 14 kunlik onlayn shaklga oʼtkazilgan edi.

Samarqand davlat chet tillar instituti Аxborot xizmati maʼlum qiladi. Institut professor-oʼqituvchilari va talabalarining salomatligini asrash hamda ommaviy infeksiya tarqalishining oldini olish maqsadida bugungi kundagi vaziyatni hisobga olgan holda institutda 1-, 2-, 3-bosqich bakalavrlar (kechki ham, kunduzgi ham) va 1-bosqich magistrantlar uchun oʼquv jarayonlari onlayn shaklda davom ettiriladi hamda bular uchun 2020/21 oʼquv yili onlayn shaklda yakunlanadi.

4-bosqich bakalavrlar va 2-bosqich magistrantlar bundan mustasno. Shuningdek, 4-bosqich bakalavrlar bitiruv malakaviy ishi himoyasi uchun va Yakuniy davlat attestatsiyasiga, jumladan, 2-bosqich magistrantlari esa magistrlik dissertatsiyasi himoyalariga sanitariya-gigiyena qoidalariga toʼliq amal qilgan holda tayyorgarlik koʼrishadi va oʼtkazishadi.

❗️Eslatma. Epidemiologik vaziyat barqarorlashib, holat ijobiy tomonga oʼzgarsa, oʼquv jarayonlari anʼanaviy shaklda davom ettiriladi. Bu haqida telegram kanalimizda eʼlon qilamiz.

 

Share:
2021-05-04 19:35:00 119