Samarqand davlar chet tillar institutiSamarqand davlat chet tillar instituti

Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar! Barchangizni kirib kelayotgan mukarram Ramazon Hayiti baryami munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.

Sizlarga sog‘lik-salomatlik, oilangizga tinchlik-totuvlik tilaman.  Ushbu muqaddas kunda barcha ezgu amallaringiz, xayrli va saxovatli ishlaringiz ijobat bo'lsin. Xonadoningizdan fayz, dasturxoningizdan baraka arimasin. El-yurt ravnaqi, kelajak avlod tarbiyasi borasidagi fidokorona faoliyatingizga omadlar yor bo‘lsin!

Kelgusi yil barchamizni muqaddas Ramazon oyida shod-u xurramlikda uchrashtirishni Yaratgan nasib aylasin. Azizlar, barchangizga Ramazon Hayit kuni muborak bo'lsin! O‘zingiz, oilangiz va do‘stlaringizni asrang!

Ulkan samimiyat bilan Ilhomjon TO'XTASINOV,
Samarqand davlat chet tillar instituti rektori.

Share:
2021-05-12 20:45:00 120