Bugun mamlakatimizdagi barcha maktablarda So‘nggi qo‘ng‘iroq jaranglamoqda. Yakuniga yetayotgan o‘quv yilida birgina Samarqand viloyatida 50 ming nafardan ortiq bitiruvchilar mustaqil hayotga qadam qo'yishadi. Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasi ham bugungi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayram tadbirlarida bevosita ishtirok etishdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi xodimlari Past Darg‘om tumanidagi Qarshiobod mahalla fuqarolar yig’inidagi “Usmonobod” qishlog‘ida joylashgan M.Tillayeva direktorligidagi 127-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida o’tkazilgan "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirida mehmon bo'lishdi.

Jarayon davomida institutning ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi xodimlari tadbir ishtirokchilarini bayram bilan tabriklab, ularga ko‘tarinki kayfiyat ulashishdi. Jumladan, maktab ta’lim tizimida samarali mehnat qilgan faol o‘qituvchilarga Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan tayyorlangan qimmatbaho sovg‘alar hamda faxriy yorliqlarni tuhfa etishdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-05-25 15:35:00 122