Samarqand davlat chet tillar instituti professor-o’qituvchilari Samarqand viloyatining tumanlarida joylashgan maktablariga borishib, davlat rahbarining maktab bitiruvchilariga yo’llagan tabrigini hamda uning mazmun-mohiyatini yetkazishdi. Shuningdek, ularni “So’nggi qo’ng’iroq” bayrami bilan qutlashdi.
Jumladan, institut yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor ishtirokidagi xodimlar Urgut tumani Xalq ta’lim bo’limiga qarashli 53-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabiga borishdi hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning bitiruvchilarga yo’llagan tabrigining mazmun-mohiyatini maktab jamoasiga yetkazishdi.
Institutning ispan va italyan tillari kafedrasi o’qituvchilari Past Darg’om tuman Xalq ta’lim bo’limiga qarashli 114-maktab bitiruvchilariga Prezident tabrigini yetkazishdi.
Institutning ingliz tili o’qitish metodikasi kafedrasi o’qituvchilari Past Darg’om tumanidagi 89-, 92-umumiy o’rta ta’lim maktablariga borishib, maktab bitiruvchilarini “So’nggi qo’ng’iroq” bayrami bilan tabriklashib, muhtaram Prezident tabrigini yetkazishdi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain





