Joriy yilning 4-iyun kuni Samarqand davlat chet tillar institutida Samarqand viloyatida “Ma’naviyat festivali”ni tashkil etish va o’tkazish bo’yicha seminar bo’lib o’tdi. Unda viloyatdagi barcha davlat tashkilotlari hamda oliy ta’lim muassasalarining ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha mas’ul xodimlari, shuningdek, viloyat ma’naviyat Kengashi a’zolari ishtirok etishdi.
Seminarda mamlakatimizda “Yangi uyg’onish davri – uchinchi Renessans” poydevorini yaratish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati, “Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik” g’oyasi asosida hududlarda “Ma’naviyat festivali”ni o’tkazish, shuningdek, “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida nashr etilayotgan kitoblar taqdimotlarini o’tkazish kabilar to’g’risida fikr hamda mulohazalar almashinildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain





