“Zarafshon” gazetasining 3-iyundagi 65 (23.501)-soni bilan tanishish

Gazetaning PDF variyanti bilan tanishish

 

Samarqand davlar chet tillar institutiSamarqand davlat chet tillar instituti

2021-2022 o‘quv yilidan viloyatning Narpay hamda Payariq tumanlarida “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili)” va “Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili” fakultetlarini tashkil etyapmiz.

“Nega aynan ushbu ikki tumandan ochyapsizlar?” degan savol tug‘ilishi mumkin. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil sentabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga asosan Narpay xizmat ko‘rsatish texnikumi hamda Payariq iqtisodiyot va servis kasb-hunar kollejlari Samarqand davlat chet tillar instituti tasarrufiga o‘tkazilgan. Ushbu ikki tumandagi inshootlar ham eskirib, foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan. Biz bularni to‘lig‘icha qayta ta’mirdan chiqaramiz, talabalarning zamonaviy ta’lim olishlari uchun zarur imkoniyatlar yaratamiz.

Mazkur ikkala tumanda ochiladigan fakultetlardagi ta’lim yo‘nalishlariga, ya’ni “Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili” yo‘nalishiga 60 tadan, “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili)” yo‘nalishiga 40 tadan kvota ajratib, jami 200 nafar abituriyentni o‘qishga qabul qilishni rejalashtiryapmiz. 

Bundan tashqari, institut atrofidagi mahallalarda istiqomat qilayotgan «Temir daftar», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» ro‘yxatida turgan uyushmagan yoshlarni birlashtirib, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishni maqsad qildik. Bu borada qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash psixologik markazi tashkil etib, 100 nafardan ortiq xotin-qizlarni jalb etamiz. Yoshlarning kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida IT hamda AKT bilan ishlash kursiga 300 nafar, tadbirkorlik va kasbga yo‘naltirish kursiga 200 nafar yoshlarni qamrab olamiz. Shuningdek, yoshlarning til ko‘nikmalarini oshirish, ularga xorijiy tillarni mukammal o‘rgatish orqali OTMga jalb qilish maqsadida turli bepul til kurslarini (ing­liz tili 300 nafar, nemis, fransuz, xitoy, yapon va koreys tillari 50 nafardan) joriy etamiz. 

Mahallalarda istiqomat qilayotgan yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etiladigan “Quvnoqlar va zukkolar” klubi va “Tarjimon” teatr studiyasiga 100 nafardan, “Zakovat” klubi va kitobxonlik to‘garaklariga 200 nafardan yoshlarni qamrab olamiz.

Ushbu mexanizm orqali 300 nafar yoshlarning bandligi ta’minlanadi, 200 nafarining kasb egasi bo‘lishiga ko‘maklashamiz. 350 nafarini OTMga qamrab olib, 200 nafarining til bilish darajasini oshiramiz.

Institutimiz talabalarining qiziqishlaridan kelib chiqqan holda madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda musiqa ijrochiligi, an’anaviy xonandalik va raqs san’ati bo‘yicha talabalar havaskorlik ansambllari tashkil etamiz. Endilikda viloyat madaniyat boshqarmasi bilan hamkorlikda institutda haftada ikki marta, talabalar turar joyida haftada bir marta taniqli madaniyat va san’at xodimlari bilan ijodiy uchrashuvlar, spektakllar, konsert-tomosha dasturlari, milliy maqom kuylari kechalarini tashkil etish rejalashtirildi. 

Albatta, bu ishlar zamirida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsad qilingan. 

Ilxomjon Tuxtasinov,

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori.

 

Share:
2021-06-04 14:30:00 114