Respublikamizda navbatdagi prezidentlik saylovlari 2021-yil 24-oktabrida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Guvohi bo’lganingizdek, mazkur saylovlarda beshta siyosiy partiyadan 5 nafar prezidentlikka nomzodlar qo’yilgan. Shuningdek, jarayonlarni kuzatish maqsadida xorijlik kuzatuvchilar hamda xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarining tashrifi ham kutilmoqda.
Shu munosabatda Samarqand davlat chet tillar institutining 130 dan ortiq tajribali professor-o’qituvchilari xorijlik kuzatuvchilar hamda xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillariga volontyor tarjimon sifatida hamrohlik qilishadi.
Ayni damda volontyor tarjimonlar guruhi shakillantirilib, tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Tarjimonlar guruhi ingliz, rus, nemis, fransuz, italyan, ispan, yapon, koreys, xitoy va arab tillari bo’yicha shakllantirildi. Volontyor tarjimonlarimizning saylov jarayonlarda faol ishtirok etishlarini ta’minlash maqsadida muntazam seminar mashg’ulotlari o’tkaziladi.
Ilhomjon TO’XTASINOV,
Samarqand davlat chet tillar instituti rektori.
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain

