2021/2022 o’quv yilida Ingliz tili-II fakulteti 1-bosqichiga 650 nafar abituriyent talabalikka qabul qilindi. Shundan kunduzgi ta’lim shaklida “Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy til: ingliz tili” ta’lim yo’nalishiga 112 nafar, kechki ta’lim shaklida “Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy til: ingliz tili” ta’lim yo’nalishiga 117 nafar, shuningdek, “Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili” ta’lim yo’nalishiga 421 nafar abituriyentlar 1-bosqich talabalikka qabul qilindi.

Ushbu talabalarga o’quv yilining birinchi haftasida mustaqillik darslari, institut hayoti bilan tanishish va kredit modul tizimi to’g’risida tushunchalar berib o’tildi.

Bugun, 16-sentabr kuni institut rahbariyati va fakultetning barcha 1-bosqich talabalari ishtirokida institut faollar zalida uchrashuv tashkil etildi. Ushbu uchrashuvda institutning o’quv ishlari bo’yicha prorektori F.Ro’ziqulov va yoshlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor O.G’aybullayev hamda bo’lim boshliqlari ishtirok etishdi.

Uchrashuvni fakultet dekani O.Yusupov olib borib, institut rahbariyatini talabalarga tanishtirdi. Qizg’in uchrashuvda talabalar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-09-16 18:50:00 111