Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar institutida faoliyat ko’rsatib kelayotgan ikki nafar nemis tili o’qituvchilari, ya’ni Marat Galiullov hamda Diyor Jumaniyozovlar Rossiya Federatsiyasining Peterburg shahrida tashkil etilayotgan xalqaro nemis tili o'qituvchilari seminarlarida ishtirok etish uchun jo'nab ketishdi. 

Rektor Ilhomjon To’xtasinov o’qituvchilar bilan jo’nab ketishidan oldin uchrashuv o’tkazdi, shuningdek, Peterburg shahridan qaytgach, seminardagi yangiliklarni institut jamoasiga ham yetkazish choralarini ko’rish to’g’risida ko’rsatmalar berdi.

Ma’lumot uchun, Germaniya Ta’lim vazirligining xalqaro loyihalari doirasida har yili tashkil etiladigan ushbu seminarda Germaniya, O’zbekiston, Rossiya va Turkiya davlatlaridan taklif etilgan nemis tili o'qituvchilari tajriba almashishadi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-09-19 18:30:00 111