Mazkur o’quv yilida Samarqand davlat chet tillar institutining Payariq tumanida Xorijiy tillar fakulteti tashkil etilganligidan xabaringiz bor. Hozirda ushbu fakultetda “Xorijiy tili va adabiyoti: ingliz tili” hamda “Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy til: ingliz tili” ta’lim yo’nalishlari mavjud bo’lib, 79 nafar 1-bosqich talabalari tahsil olmoqda.

Bugun, 7-oktabr kuni institutning yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i Sh.Suyunov, xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi H.Jabborova, Axborot siyosati masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi A.Abduraimov, shuningdek, institut psixologi J.Saydullayevlar Payariq tumanidagi ushbu fakultetda tahsil oluvchi talabalar hamda o’qituvchilar bilan uchrashuv o’tkazishdi.

Jarayon davomida talabalar ularning ijtimoiy hayotdagi rolini oshirishga qaratilgan qator loyihalar hamda institut qoshida tashkil etilgan "Yosh jurnalistlar", "Dutorchi qizlar", "Zakovat" kabi qator klublar faoliyati bilan tanishtirildi. Jumladan, fakultet talabalari bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish, xalqaro va respublika miqiyosida bo’lib o’tadigan turli xil tanlovlarga jalb etish kabilar to’g’risida fikr-mulohazalar almashinildi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

 

Share:
2021-10-07 20:45:00 118