Samarqand veterinariya meditsinasi institutida Samarqand viloyati oliy ta’lim muassasalari talabalaridan tashkil topgan jamoalar o‘rtasida “Saylov qonunchiligi bilimdonlari» viktorinasi bo‘lib o‘tdi. Viktorinada jami bo’lib 9 ta oliy ta’lim muassasalari jamoalari ishtirok etishdi.
Viktorinani o’tkazishdan asosiy maqsad talaba-yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirish, shuningdek, saylov qonunchiligi bo‘yicha yanada ko’proq tushunchalar berishdan iborat.
Jamoalar 2 ta bosqichda (saralash va final bosqichi) o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Viktorinada savollari «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi: 100 savolga 100 javob» risolasi asosida tuzilgan. Har bir OTM jamoasi 3 kishidan iborat bo‘lib, ular bakalavriat bosqichi talabalaridan tarkib topgan.
Viktorinaning final bosqichida umumiy natijalarga ko‘ra, 3-o‘rinni Samarqand davlat chet tillar instituti, 2-o‘rinni Samarqand davlat universiteti hamda 1-o’rinni Samarqand davlat tibbiyot instituti jamoalari qo’lga kiritishdi. Gʻolib va sovrindor jamoalar viktorina tashkilotchilari tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain





