Samarqand davlat chet tillar instituti yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i Sh.Suyunov hamda talabalar turar joyining tarbiyachi-pedagogi K.Kurahmedovalar birgalikda talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar hayoti bilan yaqindan tanishib chiqishdi.
Jumladan, yotoq joylari, ovqatlanish va oshxonalar, dam olish, dars tayyorlash xonlari hamda kutubxonalar faoliyati shular jumlasidandir.
Talabalar bilan suhbatlashish chog’ida o’quv jarayonlarida muntazam ishtirok etish lozimligi, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol bo’lish, ilmiy-amaliy konferensiyalar hamda turli xil respublika va xalqaro tanlovlarda qatnashish kerakligi, shuningdek, talabalar turar joyida istiqomat qilishning tartib-qoidalari to’g’risida batafsil so’z yuritdi.
Ma’lumot sifatida aytib o’tamiz, talabalar turar joyi zamon talablariga mos tarzda ta’mirlanib, jihozlangan. Texnika va yong‘in xavfsizligi hamda sanitariya holati talabga javob beradi. Talabalar turar joyi faoliyatiga oid me’yoriy hujjatlar asosida institutning ichki me’yoriy-huquqiy hujjatlari ishlab chiqilib, tasdiqlangan. Jumladan, talabalar turar joyi nizomi, e’lonlar burchagi, talabalar ro‘yxati, yong‘in xavfsizligi burchaklari mavjud.
Talabalar turar joyida institut axborot resurs markazi ham tashkil etilgan bo‘lib, uch mingga yaqin eng muhim badiiy adabiyotlar, vaqtli matbuot nashrlari bilan ta’minlangan. Axborot resurs markazi talabalar turar joyida muntazam faoliyat ko’rsatadi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain







