O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayonlarini kuzatish uchun mamlakatimizga kelgan Germaniyaning “GfM Group” korxonasi guruh rahbari Matias Frayling, Germaniyaning “LTC Media Group” media guruhining bosh muharriri Aleksandr Cherkaskiy va “Beho’rden Spiegel” gazetasining bosh muharriri Uve Prollar, Avstriyaning Yevropa tadqiqotlari va xavfsizlik siyosati instituti (AIES) prezidenti, professor Verner Fasslabend, shuningdek, rossiyalik bir guruh kuzatuvchilar Samarqand davlat chet tillar institutida joylashgan 67-saylov uchastkasida bo‘ldi.

Ular bu yerda komissiya faoliyati va saylovchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

– O‘zbekistonda 5 yil oldingi Prezident saylovi bilan yaqindan tanishman, dedi germaniyalik kuzatuvchi. – O‘tgan va bu galgi saylov o‘rtasida ko‘plab farqlar bor. Mana, ko‘rdik: saylovga tayyorgarlik haqiqatda ajoyib. Bu o‘zgarishlar menda yaxshi taassurot uyg‘otdi va ushbu holat O‘zbekistonda demokratik islohotlar o‘z samaralarini ko‘rsatayotganidan darakdir.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-10-23 14:05:00 117