O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalariga xorijning nufuzli oliygohlaridan malakali mutaxassislarni jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Shu munosabat bilan Samarqand davlat chet tillar instituti o‘quv jarayonlariga ham ko‘plab xorijlik mutaxassislar jalb etilmoqda.
2021-2022 o'quv yilida yana bir ispan tili mutaxassisi Jaime Fernandez Fernandez Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Kadis universiteti o'rtasidagi almashinuv shartnomasi doirasida institut talabalariga dars berish uchun taklif etildi. U institutning “Ispan va italiyan” tillari kafedrasida 1 yil davomida faoliyatini davom ettiradi.
Jaime Fernandez Fernandez mazkur o’quv yili davomida dars mashg’ulotlarini davom ettirish bilan birgalikda ispan tili bilan bog’liq ochiq darslar va to’garaklar ham tashkil etadi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain






