19-oktabrda institut bosh binosida Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti xitoy tili yo‘nalishi 1-bosqich talabalarining ota-onalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda fakultet dekani B.Odilov, dekan o‘rinbosari U.Xusanov, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Sh.Suyunov, Yaqin Sharq tillari kafedrasi mudirasi S.Bekniyazova, guruh murabbiylari va fan o‘qituvchilari O.Tilovov, Sh.Norbo‘tayev, B.Sattorov hamda talabalarning ota-onalari ishtirok etishdi.

Ota-onalar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda institut va ota-onalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qilish yuzasidan fikr-mulohazalar almashinildi. Talabalarning institut ichki tartib-qoidalariga rioya qilishi, dars jarayonidagi ishtiroki, ijarada turuvchi talabalarning ota-onalari o‘z farzandlarini nazorat qilishi kabi masalalar muhokama qilindi.

Mazkur uchrashuv yakunida ota-onalar farzandlarining taqdiriga befarq bo‘lmasdan shunday uchrashuvlarni tashkil qilganligi uchun institut ma’muriyati va professor-o‘qituvchilariga o‘z minaddorchiliklarini bildirishdi.

Share:
2018-10-19 15:05:00 81