O‘zbekiston va Rossiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari tashabbusi bilan O‘zbekistonda shu yilning 18/19-oktyabr kunlari birinchi marotaba «O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi» o‘tkazilmoqda. Unda ikki davlat prezidentlari administratsiyalari, hukumat rahbarlari, O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri va Rossiya Federatsiyasini Ta’lim va fan vaziri hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etmoqda.
Forumda ikki davlat OTMlari rektorlari o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish barobarida dolzarb vazifa va masalalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri muhokama qilishmoqda. Shu jumladan, Samarqand davlat chet tillar instituti rektori I.M.Tuxtasinov va Varonej davlat universiteti rektori D.A.Yendovitskiy o‘zaro hamkorlik shartnomasini imzoladi.
Shartnoma tuzish jarayonida ishtirok etganlar Samarqand davlat chet tillar insituti rektori I.M.Tuxtasinov, institut xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i O.Y.Yusupov hamda Varonej davlat universiteti rektori D.A.Yendovitskiy va prorektori O.G.Grishayevlar bo‘lishdi.
Shartnomaga binoan ikki ta’lim dargohlari o‘rtasida zamonaviy yo‘nalishlar taskil etish, qo‘shma dasturlar asosida talabalarni o‘qitish, fakultet va kafedralar filiallarini tashkil qilish, o‘qituvchilar malakasini oshirish, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun zamin yaratiladi. Jumladan, mutaxassisliklar bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash hamda ilmiy-tadqiqot sohasida o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishdan iborat bo‘ldi.
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain




