2021-yilning 30-oktabr kuni Fransiyaning Versal Akademiyasi qoshidagi Pedagogika instituti (INSPE) xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i Luc Dall'Armellina Samarqand davlat chet tillar institutiga kelib, institut rektori Ilhomjon To’xtasinov ishtirokidagi rahbariyat xodimlari bilan uchrashdi.
Jumladan, tashkil etilgan ishchi tartibdagi uchrashuvda Erasmus+ dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan Kredit Mobilligi loyihalari, shuningdek, hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Hozirda INSPE Samarqand davlat chet tillar institutining Fransiyadagi eng faol hamkorlaridan biri hisoblanadi. Ushbu universitetda hozirda institutning 2 nafar magistrantlari stajirovka o’tashmoqda.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain









