Xabaringiz bor, Samarqand davlat chet tillar institutining ‘‘Ispan va italyan tillari‘‘ kafedrasi qoshida “Ispan  tili va madaniyati” markazi tashkil etilgan va hozirda ushbu markaz faoliyati muntazam davom etmoqda.

Shuningdek, Kastiliyaning La-Mancha universitetidan ispan tili mutaxassisi Jesus Gregorio Kuevas Medina markaz faoliyatini rivojlantirish hamda talabalarning ispan tili borasida malakasini oshirish maqsadida o‘quv jarayoniga jalb etildi.

Bugun, 1-noyabr kuni Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To‘xtasinov ispaniyalik ispan tili mutaxassisi Jesus Gregorio Kuevas Medina bilan uchrashuv o‘tkazdi va amalga oshiriladigan ishlar, innovatsion loyihalar to‘g‘risida fikr-mulohazalar almashishdi hamda rejalar belgilab olindi.

Ma‘lumot uchun, 2021-yilning noyabr oyidan “Ispan tili va madaniyati” markazida yangi o'quv kursi boshlanadi. Barcha xohlovchilar oʻz sohasining haqiqiy mutaxassislaridan taʼlim olish imkoniga ega bo’ladilar.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-11-02 08:05:00 108