Samarqand viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Xurshid Ochilov Samarqand davlat chet tillar institutida tahsil oluvchi talabalarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.

Hokim o’rinbosari ijarada istiqomat qiladigan talabalarning yashash xonadonlari, ularda yaratilgan shart-sharoitlar, xavfsizlik hamda gigiyena qoidalariga mosligi hamda ularning ta’lim olishlari uchun yaratilgan qulayliklarni ko’zdan kechirish barobarida institut talabalar yotoqxonasidagi holat, xususan, yotoq joylari, ovqatlanish va oshxonalar, dam olish hamda dars tayyorlash xonalarining ahvoli, ularda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan ham tanishib chiqdi.

Shuningdek, hokim o’rinbosari talabalar bilan suhbat chog’ida o’quv jarayonlarida muntazam ishtirok etish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol bo’lish, ilmiy-amaliy konferensiyalar hamda turli xil xalqaro va respublika tanlovlarida faol qatnashish lozimligi to’g’risida tushuncha va ko’rsatmalar berib o’tdi.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi tuzilmasida Tyutorlar faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish bo‘limi tashkil etildi hamda barcha oliy ta’lim muassasalarida joriy etilgan Tyutorlik lavozimi, ularga tayinlangan xodimlar, ularning samarali faoliyat yuritishi, talabalar bilan yanada ko’proq shug’ullanib, ularning yangi qirralarini kashf etishlari, o’z iste’dodlarini namoyon etishida ko’maklashishlari zarurligi to’g’risida o’z fikr va mulohazalari bildirdi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-11-03 20:25:00 119