Joriy yilning 4-noyabr kuni Misr Arab Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Amira Fahmiy xonim SamDCHTIga tashrif buyurdi. Rasmiy uchrashuvda SamDCHTI rektori Ilhomjon To'xtasinov hamda Amira Fahmiy xonim institutda arab tili va madaniyatini o‘qitishni rivojlantirish bo’yicha o’zaro muzokara olib bordi.
Uchrashuvda Misr Arab Respublikasi universitetlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim jarayonlarining sifat va samaradorligini yanada oshirish singari masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Elchixona tomonidan SamDCHTIda arab tilini o‘qitishni qo‘llab-quvvatlash borasida kelishuvlarga erishildi. Jumladan, elchi Amira Fahmiy xonim birinchi navbatda elchixona tomonidan SamDChTIga arab tili darsliklari yuborilishi, keyinchalik talabalar uchun Misr universitetlarida tahsil olish uchun grantlar tashkil etilishini ma’lum qildi.
Shuningdek, uchrashuv chog’ida tomonlar o’rtasida xalqaro hamkorlik aloqalarini o’rnatish va muntazam davom ettirish, ta’lim jarayonida sifatni yanada yaxshilash, so’nggi yillarda ta’lim sohasida amalga oshirilgan loyihalar va o’zgarishlar to’g’risida so’z bordi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain











