Joriy yilning 5-noyabr kunida Samarqand davlat chet tillar institutining Ingliz tili-II fakultetida talaba-qizlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha mas’ullar, “Ingliz tili nazariyasi va adabiyoti”, shuningdek, “Pedagogika va psixologiya” kafedralari o’qituvchilari ishtirokida "Reproduktiv salomatlik" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Ushbu davra suhbati “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi o’qituvchisi D.Alimjanova tomonidan tashkil etilib, unda Respublika aholi reproduktiv salomatlik markazi mutaxassisi U.Boborahimova ham qatnashdi va "Reproduktiv salomatlik sirlari" mavzusida o’z taqdimotini o’tkazdi.

Jarayon davomida talaba-qizlar va markaz mutaxassislari o’rtasida interaktiv usulda muloqot olib borildi. Talaba-qizlar o’zlarini qiziqtirgan nazariy va amaliy savollariga to’liq javob olishdi. So’ngra mutaxassislar yanada qiziqarli mavzular bo’yicha keyingi davra suhbatlarini o’tkazishga kelishib olishdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-11-05 15:40:00 120