24-26-oktabr kunlari O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi tomonidan sportning futbol turi bo’yicha Oliy ta’lim muassasalarining talaba-yoshlari o’rtasida o’tkazilgan “Ittifoq kubogi” musobaqasi bellashuvlari bo’lib o’tdi.
Institut jamoasi 24-oktabr kuni Samarqand vetirinariya instituti jamoasini mag’lubiyatga uchratib, yarim finalda Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Samarqand filiali jamoasi bilan bo’lgan uchrashuvda g’oliblikni qo’lga kiritdi.
26-oktabr final bosqichida Samarqand davlat chet tillari instituti jamoasi faxrli 2-o’rinni egalladi. Bellashuv yakunida jamoa va jamoa a’zolariga diplom hamda esdalik sovg’alar taqdim etildi.
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain






