2021/2022 o’quv yilida Samarqand davlat chet tillar institutiga o’qishga qabul qilingan birinchi bosqich talabalarning oliy ta’lim muassasasiga moslashuvi yuzasidan institut psixologi Jamoliddin Saydullayev talabalar bilan ochiq muloqot o’tkazdi.
Jumladan, institut psixologi jarayon davomida talabalarga institut tarixi, ta’lim yo‘nalishlari haqida talabalarga ma’lumot berib, institutda talabalarga ta’lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar haqida so’zlab berdi. Shuningdek, institutda yo’lga qo’yilgan psixologik xizmat, uning maqsadi va vazifalari, asosiy yo’nalishlari to’g’risida ta'kidladi.
Talabalardan psixologik xususiyatlarini o‘rganish maqsadida psixologik test va so‘rovnomalar olindi. Ularning muloqotchanligining umumiy darajasi o‘rganildi hamda temperamentlari, mafkuraviy immunitetning shakllanganlik darajalarini aniqlandi va ruhiy holatlariga baho berildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain


