Joriy yilning 31-oktabr kuni yoshlarning o‘sib borayotgan siyosiy tafakkurini, ijtimoiy faolligi va ilmiy saviyasini namoyish etish, xalqaro darajada o‘z tengdoshlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda yoshlarning muammolarini tizimli hal etish orqali amaliyotga jalb etishni rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekistonda ilk marotaba MDH davlatlarining talaba-yoshlari o‘rtasida “Eng yaxshi ilmiy maqola – 2021” xalqaro ilmiy maqolalar tanlovi bo’lib o’tdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili-I fakultetining 2-bosqich talabasi Sitora Shirinqulova hamda Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti 2-bosqich talabasi Gulsanam Botirovalar ushbu tanlovda qatnashib, esdalik ko‘krak nishoni bilan tadirlanishdi.

Sitora Shirinqulova o‘zining “Yozish mahoratini kommunikativ usullar bilan rivojlantirish”, Gulsanam Botirova esa “Ingliz tilini yosh o‘quvchilarga internet resurslar va texnlogiyalar orqali o‘rgatish” maqolalari bilan ishtirok etishdi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-11-09 17:05:00 120