O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 31-dekabrdagi 824-sonli qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Ta’kidlash joiz, yuqoridagi farmon va qarorlar ijrosidan kelib chiqib, yurtimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilan shug’ullanuvchi tyutorlar lavozimlari joriy etildi. Shu bilan bir qatorda Samarqand davlat chet tillar institutining Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetida o’z faoliyatini olib borayotgan tyutorlar (talabalar bilan doimiy ishlash bo’yicha oliy ma’lumotli psixolog-pedagok xodimlar) faoliyati tizimli ravishda yo’lga qo’yildi.

Shuningdek, Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetida o’z ish faoliyatlarini olib borayotgan tyutorlar talabalarning darsgacha bo’lgan ijtimoiy ahvolini o’rganish maqsadida ularning yashash sharoiti bilan tanishishdi hamda ijara uylarida bo’lib, turar joyidagi gigiyena qoidalariga rioya qilish, kunlarning sovib borayotganligi tufayli tabiiy gaz, elektr energiyasidan to’g’ri foydalanish bo’yicha tushuntirish ishlarini olib borishdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-11-09 18:55:00 124