O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrda “Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar va boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollarning oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 585-son qarori qabul qilingan.

Mazkur qarorga asosan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-qizlarning 100 nafariga mahalliy hokimliklar, 50 nafariga oliy ta’lim muassasalari tomonidan budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan bepul o‘qitib berish vazifasi belgilangan.

Jumladan, qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand davlat chet tillar institutida tahsil olayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan talaba-qizlar ro‘yxati shakllantirilib, ularning yashash joylaridagi hokimliklarga yuborildi. Shundan Samarqand viloyat hokimligi tomonidan 11 nafar qizlarga jami 78 443 560 so‘m, Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan esa 39 nafar talaba-qizlarning 273 204 453 so‘m miqdoridagi to‘lov-kontrakt mablag‘lari to‘lab berildi.

Institut rahbariyati vakillari ushbu talaba-qizlar bilan uchrashib, ularning o’qish va ta’lim olish davomida har tomonlama qo’llab-quvvatlanishi, ko’mak lozim bo’lganida institut mutasaddilari doim tayyor ekanliklarini aytib o’tishdi. Shundan so’ng talaba-qizlar o’zlarining taklif hamda mulohazalarini ishtirokchilar bilan o’rtoqlashishdi va institut rahbariyatiga o’zlarining minnatdorchiliklarini izhor etishdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-11-11 14:50:00 129