3-dekabr –Xalqaro nogironlar kuni deb eʼlon qilingan. Ushbu sana butun dunyo boʻylab keng nishonlanadi va bundan asosiy maqsad aqlan va jismonan nuqsoni bor zamondoshlarimizni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashdan iboratdir.

Shu munosabatda “Hech bir bola davlatimiz va jamiyatimizning e’tibori va mehridan chetda qolmaydi” shiori ostida viloyatdagi umumta’lim maktablarida 2021/2022 o’quv yilida uyida yakka tartibda ta’lim oluvchi oʻquvchilar holidan xabar olish tadbirlari davom etmoqda.

Bugun, 29-noyabr kuni Samarqand davlat chet tillar instituti prorekoti Otabek Gʻaybullayev ishtirokidagi institut jamoasi koʻngli yarim yurtdoshlarimiz holidan xabar olish, ularga moddiy va maʼnaviy jihatdan yordam berish ishlarini amalga oshirishdi.

Jumladan, Samarqand shahridagi 31-umumta’lim maktabi o’quvchilari Parviz Pardayev hamda Aziz Saidqulovlar bilan uchrashib, holidan xabar oldi va kerakli oʻquv qurollari bilan ta’minladi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-11-29 19:00:00 127