Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida bir qator xorijlik mutaxassislar faoliyat olib borayotganligidan xabaringiz bor.
Xususan, institutning "Uzoq sharq tillari" kafedrasida ish olib borayotgan yaponiyalik xorijiy til mutaxassisi Koshida Toshiyuki akademik litseyda ham o'quv jarayoniga jalb etildi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad litsey o'quvchilarining ham xorijiy tillarni o'rganishga bo'lgan qiziqishini oshirish, bilim darajasini yanada ko'tarishdir.
Shubhasiz, bu kabi samarali ishlar akademik litseyda tahsil olayotgan o'quvchilarning ilm olishga, dars jarayonlarida faol bo'lib, sifatli ta'lim olishlari uchun zamin yaratadi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain




