Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi. Konstitutsiya barcha joriy qonunlarning asosi hisoblanadi.
Samarqand davlat chet tillar institutida Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti tashabbusida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” shiori ostida tantanali tadbir tashkil etildi. Unda institut rahbariyati vakillari, professor-o’qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Jarayon yurtimiz madhiyasini kuylash bilan boshlandi va institut rektori Ilhomjon To’xtasinov kirish so’zi bilan tadbirni ochib berdi hamda barcha tadbir qatnashchilarini respublikamiz Konstitutsiyasining 29 yillik bayrami munosabati bilan samimiy tabrikladi.
Shuningdek, tadbir doirasida institut talabalari ijrosida Konstitutsiya hamda Vatanga bag'ishlab she'r va ajoyib qo‘shiqlar kuylandi.
Albatta, bunday sa'y-harakatlar O‘zbekiston yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilibgina qolmay, ma'lum bir ma'noda ularning bilimlarini oshirib, fikrlash doirasiga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Tadbir so‘nggida esa o'z qobiliyati bilan faol ishtirok etgan talabalar munosib taqdirlanishdi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain









