O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi huzuridagi Turizmni rivojlantirish instituti hamda Samarqand davlat chet tillar instituti institut qoshidagi Mintaqa til o‘qitish markazida “Gid-ekskursovod”larni tayyorlash bo’yicha o’quv kurslarini joriy etish borasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda.
Bugun, 16-dekabr kuni Turizmni rivojlantirish instituti vakillari hamda Samarqand davlat chet tillar instituti rahbariyati vakillari o’rtasida mazkur masala yuzasidan uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda “Gid-ekskursovod” o’quv kusrlarini boshlash, faoliyatini samarali davom ettirish kabilar yuzasidan fikr-mulohazalar almashinildi. Uchrashuvdan so’ng “Gid-ekskursovod” o’quv kusrlarini tashkil etish borasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Unga ko‘ra Mintaqa til o‘qitish markazida joriy etilayotgan ushbu o‘quv kurslarini o’qib bitirganlar “Gid-ekskursovod” bo‘lib ishlash huquqini belgilovchi maxsus sertifikatga ega bo’lishadi. Yaqin kunlarda ushbu o‘quv kurslarga qabul boshlanishi kutilmoqda.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain








