6-noyabrda Samarqand davlat chet tillar institutida “Diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik” mavzusi ostida institut talabalalari hamda O‘zbekiston musulmonlar idorasi Samarqand viloyat vakili o‘rinbosari Yoqubjon Mansurov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Al-Buxoriy ta’kidlaganidek, ilmdan boshqa najot yo‘q. Ilm yo‘lida bo‘lgan insonni martabasi ulug‘ bo‘ladi. Islom dinida ikkita mo‘jiza bor: birinchisi “Quron” bo‘lsa , ikkinchisi Payg‘ambar s.a.v. ning hadislaridir. Dunyoda har xil millat va dinga mansub insonlar mavjud, ularning diniga, albatta, hurmatda bo‘lishimiz kerak – deb o‘z fikr va takliflarini bayon qildi, O‘zbekiston musulmonlar idorasi Samarqand viloyat vakili o‘rinbosari Yoqubjon Mansurov.
Uchrashuv yakunida institut talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga Yoqubjon Mansurovdan javob olishdi.
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain



