Bugungi kunda Davlatimiz Rahbari tomonidan mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirish borasida keng qamrovli islohotlar olib borilmoqda. Ushbu islohotlarning tom ma’nodagi tayanchi va davomchisi bo‘lgan yoshlar masalasi siyosatimizning eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Mamlakatimiz yoshlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish borasida bugungi kunda mustahkam huquqiy baza yaratilib, takomillashtirilib borilmoqda. Xususan, bugungacha yurtimizda yoshlarga oid 40 dan ziyod qonun hujjatlari qabul qilingan bo‘lib, 30 dan ortiq xalqaro huquqiy xujjatlar ratifikasiya qilindi.

Bugun, mamlakatimiz, xususan, viloyatimiz yoshlari ta’lim, madaniyat va sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha Osiyo, Jahon miqiyosida yuqori natijalarni qo‘lga kiritishib, Davlatimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarishda o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelishmoqda.

Xabaringiz bo’lganidek, Yoshlarga berilayotgan e’tibor va yaratilayotgan imkoniyatlarga “labbay” deb javob bera oladigan, intellektual jihatdan salohiyatli va faol fuqarolik pozitsiyasiga ega, teran fikrlaydigan, mustaqil dunyoqarashga ega “Yosh liderlar”ni aniqlash va ularni davlat xizmatiga jalb qilish maqsadida, respublikamizda birinchi bo‘lib, viloyatimizda “Samarqand kelajak javohirlari”, “Kelajak liderlari” klubi, “Samarqand ilmli qizlar” klublari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Shu jumlada, joriy yilning 23-dekabr kuni Samarqand viloyatida tashkil etilgan “Samarqand kelajak javohirlari” klubi a’zolari va viloyat mutasaddilari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvning asosiy maqsadi mazkur klub bitiruvchilarning bandligini ta’minlash bo’ldi. Hozirda ularni ishga joylashtirish, ish faoliyatida doimiy ko‘maklashish, bosqichma-bosqich lavozimini ko‘tarib borish hamda mavjud muammolarning yechimi yuzasidan fikr almashish ham shular jumlasidandir.

Ma’lumot o‘rnida shuni aytib o‘tish joizki, bu kabi xayrli ishlar 2020-yilda boshlanib, oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida 331 nafar yosh, bilimga chanqoq, iqtidorli bitiruvchilar bandligi ta’minlanib, ularni viloyat hokimligining “Oltin zahirasi”ga kiritilgan hamda ular bilan doimiy ishlash tizimini yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda ushbu bitiruvchilar viloyat, shahar va tumanlarda Davlat boshqaruvi idoralarida samarali faoliyat olib bormoqdalar.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

 

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-12-24 00:30:00 126