“Yil talabasi – 2021” tanlovi g‘oliblari hamda qator yutuqlarga erishgan institut talabalari munosib ravishda pul mablag‘lari va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5843-son Farmoni, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4472-son Qarori, 2020-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6017-son Farmoni hamda Samarqand viloyat hokimligining 2021-yil 20-dekabrdagi “Samarqand “Yoshlar markazi”da o‘tkazilgan Samarqand kelajak liderlari Forumining bayoni”ning ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand davlat chet tillar institutida “SamDCHTI Liderlari” klubini ochilishiga START berildi.

Ushbu klub faoliyatining asosiy maqsadi – faol, tashabbuskor, kreativ va teran fikrlaydigan, mustaqil fikr va dunyoqarashga ega iqtidorli yoshlarni davlat fuqarolik xizmatiga keng jalb etish, davlat fuqarolik xizmatining jozibadorligini oshirish, ularda liderlik ko‘nikmalarini shakllantirish, nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirgan holda yoshlarni davlat fuqarolik xizmatiga tayyorlash, o‘qitish, malakasini oshirish, shuningdek, yosh iqtidorli kadrlarni seleksiya qilish, klub a’zolarini istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritish, rahbarlik lavozimlariga tavsiya etishdan iborat.

Bugungi kunda Samarqand Kelajak Liderlari klubida institumizdan 2 nafar iqtidorli talabalarimiz a’zo bo‘lib, klub faoliyatining rivojida o‘z hissalari qo‘shib kelishmoqda.

Qolaversa, O‘zbekiston Republikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish”, “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitobxonlik bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida”gi yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash, xotin-qizlar o‘rtasida ilm-fan, ta’lim, innovatsion texnologiyalar sohasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning ilmiy izlanishlari, ilm-fan sohasidagi tadqiqotlarini amalga oshirishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ilmiy loyiha va ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, Samarqand davlat chet tillari instituti talabasi Xudoyorova Farangizning taklifi bilan Samarqand viloyat hokimligi hamda Samarqand davlat chet tillari instituti hamkorligida joriy yilning 26-iyun kuni “Samarqand ilmli qizlari” klubi tashkil etildi.

Bugungi kunda “Samarqand ilmli qizlari” klubida 100 nafarga yaqin qizlar faoliyat olib bormoqda. Habarlaringiz bo‘lganidek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 202-yil 9-noyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Yil talabasi – 2021” respublika tanlovini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 470-sonli buyrug‘iga binoan “Yil talabasi – 2021” tanlovining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Institut bosqichida faxrli o‘rinni egallagan hamda turli tanlov va musobqalarda faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan talabalarga faxriy yorliq, pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

YIL TALABASI2021

  1. Yilning eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni Ingliz tili-II fakulteti, Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalishi, 3-kurs talabasi Abduvohidova Shaxribonu Akmalovna egalladi hamda tanlovning respublika bosqichiga tavsiya etildi, ushbu talaba bazaviy hisoblash miqdorining 8 barobari miqdorida pul mukofoti va faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
  2. “Yilning eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 2-o‘rinni Roman-german tillari fakulteti, filologiya va tillarni o‘qitish (fransuz tili) yo‘nalishi, 3-kurs talabasi Islomova Ozoda G‘ulom qizi egalladi, ushbu talaba bazaviy hisoblash miqdorining 6 barobari miqdorida pul mukofoti va faxriy yorliq bilan taqdirlanadi.
  3. “Yilning eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 3-o‘rinni Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili yo‘nalishi 4-kurs talabasi Aslanov SHaxram SHerzod O‘g‘li egalladi, shu bilan birgalikda 2020/2021 o‘quv yilida Navoiy davlat stipendiyasini qo‘lga kiritganligi munosabati bilan bazaviy hisoblash miqdorining 4 barobari miqdorida pul mukofoti va faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

__________________________ 

  1. “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili yo‘nalishi 4-kurs talabasi Xudoyorova Farangiz egalladi hamda tanlovning respublika bosqichiga tavsiya etildi, ushbu talaba bazaviy hisoblash miqdorining 8 barobari miqdorida pul mukofoti va faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
  2. “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 2-o‘rinni SHarq tillari fakulteti filologiya va tillarni o‘qitish: yapon tili yo‘nalishi 3-kurs talabasi SHuhratova Visola Jamshid qizi egalladi, ushbu talaba bazaviy hisoblash miqdorining 6 barobari miqdorida pul mukofoti va faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
  3. “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 3-o‘rinni Roman-german tillari fakulteti filologiya va tillarni o‘qitish: nemis tili yo‘nalishi 3-kurs talabasi Vahobova Marhabo O‘lmas qizi egalladi, ushbu talaba bazaviy hisoblash miqdorining 4 barobari miqdorida pul mukofoti va faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

​__________________________ 

  1. “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti filologiya va tillarni o‘qitish:ingliz tili yo‘nalishi 4-kurs talabasi Maxmudova Zulxumor Ikromjon qizi egalladi hamda tanlovning respublika bosqichiga tavsiya etildi, ushbu talaba bazaviy hisoblash miqdorining 8 barobari miqdorida pul mukofoti va faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
  2. “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 2-o‘rinni Ingliz tili II fakulteti xorijiy til va adabiyot: ingliz tili yo‘nalishi 4-kurs talabasi Norqulov Javohir Sodiq o‘g‘li egalladi, ushbu talaba bazaviy hisoblash miqdorining 6 barobari miqdorida pul mukofoti va faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
  3. Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 3-o‘rinni Roman-german tillari fakulteti filologiya va tillarni o‘qitish: nemis tili yo‘nalishi 3-kurs talabasi Hoshimov Abdumalik egalladi, ushbu talaba bazaviy hisoblash miqdorining 4 barobari miqdorida pul mukofoti va faxriy yorliq bilan taqdirlanadi.

​__________________________   

  1. “Yilning eng faol sportchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti filologiya va tillarni o‘qitish:ingliz tili yo‘nalishi 2-kurs talabasi Sadullayeva Feruza Asliddinovna egalladi hamda tanlovning respublika bosqichiga tavsiya etildi, ushbu talaba bazaviy hisoblash miqdorining 8 barobari miqdorida pul mukofoti va faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
  2. “Yilning eng faol sportchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 2-o‘rinni Ingliz tili I fakulteti xorijiy til va adabiyoti:ingliz tili yo‘nalishi 2-kurs talabasi Yo‘ldosheva Fazilat Dilshod qizi egalladi, ushbu talaba bazaviy hisoblash miqdorining 6 barobari miqdorida pul mukofoti va faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
  3. “Yilning eng faol sportchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 3-o‘rinni SHarq tillari fakulteti filologiya va tillarni o‘qitish: yapon tili yo‘nalishi Sagatova Madina Rustamovna egalladi, ushbu talaba bazaviy hisoblash miqdorining 4 barobari miqdorida pul mukofoti va faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

__________________________

  1. “Yilning ‘ng faol bloger talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni SHarq tillari fakulteti filologiya va tillarni o‘qitish: arab tili yo‘nalishi 3-kurs talabasi Mardibekov SHoxrux Zafar o‘g‘li egalladi hamda tanlovning respublika bosqichiga tavsiya etildi, ushbu talaba bazaviy hisoblash miqdorining 8 barobari miqdorida pul mukofoti va faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
  2. “Yilning eng faol bloger talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 2-o‘rinni Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti filologiya va tillarni o‘qitish:ingliz tili yo‘nalishi 4-kurs talabasi Uralova CHaros G‘anisher qizi egalladi, ushbu talaba bazaviy hisoblash miqdorining 6 barobari miqdorida pul mukofoti va faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
  3. “Yilning eng faol bloger talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 3-o‘rinni Ingliz tili II fakulteti xorijiy til va adabiyoti:ingliz tili yo‘nalishi 4-kurs talabasi Abdusamatov G‘anisher Iskandarovich egalladi, Ushbu talaba bazaviy hisoblash miqdorining 4 barobari miqdorida pul mukofoti va faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

_________________________

  1. “Yilning eng faol ijodkor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni SHarq tillari fakulteti xalqaro jurnalistika yo‘nalishi 2-kurs talabasi Xusniddinova Gulshoda Muxtorjon qizi egalladi hamda tanlovning respublika bosqichiga tavsiya etildi, ushbu talaba bazaviy hisoblash miqdorining 8 barobari miqdorida pul mukofoti va faxriy yorliq bilan taqdirlanadi.
  2. “Yilning eng faol ijodkor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 2-o‘rinni Ingliz tili II fakulteti xorijiy til va adabiyoti:ingliz tili yo‘nalishi 4-kurs talabasi Baxridinova Odina Xusnidin qizi egalladi, Ushbu talaba bazaviy hisoblash miqdorining 6 barobari miqdorida pul mukofoti va faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
  3. “Yilning eng faol ijodkor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 3-o‘rinni Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik filologiya va tillarni o‘qitish:ingliz tili yo‘nalishi 2-kurs talabasi Botirova Gulsanam Elbekovna egalladi, ushbu talaba bazaviy hisoblash miqdorining 4 barobari miqdorida pul mukofoti va faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

_________________________

  1. Yilning eng faol tadbirkor talabasi”(xotin qizlar uchun) nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili yo‘nalishi 4-kurs talabasi Ro‘zimurodova Zarina Dusmurod qizi egalladi hamda tanlovning respublika bosqichiga tavsiya etildi, shu bilan birgalikda 2020/2021 o‘quv yilida Islom Karimov davlat stipendiyasini qo‘lga kiritganligi munosabati bilan bazaviy hisoblash miqdorining 8 barobari miqdorida pul mukofoti va faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
  2. “Yilning eng faol tadbirkor talabasi”(xotin qizlar uchun) nominatsiyasi bo‘yicha 2-o‘rinni Ingliz tili II fakulteti xorijiy til va adabiyoti:ingliz tili yo‘nalishi 3-kurs talabasi Qo‘shmurodova Dinara Baxtiyor qizi egalladi, ushbu talaba bazaviy hisoblash miqdorining 6 barobari miqdorida pul mukofoti va faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

_________________________

  1. Ingliz tili II fakulteti 405 guruh talabasi Norqulov Javohirning  "One Room" loyihasi bilan Innovatsion Rivojlanish Vazirligida “O‘zbekiston yoshlar forumi-2021” haftaligi doirasidagi «Startap tashabbuslari» yoshlarning innovatsion g‘oya va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash dasturining 5-davriy yakuniy bosqichida 40 ta eng yaxshi loyihalar qatoriga kiritilib istiqbolli startap loyihalar taqdimotida ishtirok etdi hamda 50 million so‘m miqdoridagi grant mablag‘lari bilan taqdirlandi.
  2. Ingliz tili II fakulteti 421 guruh talabasi Tursinqulova Xadicha  “Orientir.uz – talabalarga muvofiqlashgan xizmatlar platformasi" loyihasi bilan Innovatsion Rivojlanish Vazirligida “O‘zbekiston yoshlar forumi – 2021” haftaligi doirasidagi «Startap tashabbuslari» yoshlarning innovatsion g‘oya va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash dasturining 5-davriy yakuniy bosqichida 40 ta eng yaxshi loyihalar qatoriga kiritilib istiqbolli startap loyihalar taqdimotida ishtirok etdi hamda 50 million so‘m miqdoridagi grant mablag‘lari bilan taqdirlandi.
  3. Ingliz til-II fakulteti kechki ta’lim yo‘nalishi 421 guruh talabasi Qurbonov Ozodbek O‘zbekiston Respublikasi Turizm va Sport Vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish bo‘yicha O‘zbeksiton kubogi”da qatnashib 1 darajali diplom bilan taqdirlandi.
  4. Ingliz tili I fakulteti 205 guruh talabasi Balikolova CHaros noyabr oyida sportning shashka turi bo‘yicha Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tkazilgan 4-jahon chempionatida 23 yoshgacha bo‘lganlar yoshlar o‘rtasida RAPID yo‘nalishida 2 o‘rinni, 23 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida 3 o‘rinni qo‘lga kiritgani bilan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
  5. Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti 3 kurs talabasi Bo‘riyev Elbek Akbarovich “Samarqand kelajak liderlari” klubining faol a’zosi sifatidagi yutuqlari hamda ilm-fan va jamoatchilik ishlaridagi tashabbuskorligi va faolligi uchun Tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
  6. Roman-german tillar fakulteti 3-kurs talabasi Mamatqulova Mehriniso Mansurovna “O‘zbekiston yoshlar forumi-2021” haftaligi doirasida o‘tkazilgan Poliglot bellashuvida faxrli 3-o‘rinni egalladi, Ushbu talaba diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
  7. Roman-german tillar fakulteti 4-kurs talabasi Mamarizoev Islomxon Isoxonovich “O‘zbekiston yoshlar forumi-2021” haftaligi doirasida o‘tkazilgan Poliglot bellashuvida faxrli 2-o‘rinni egalladi, Ushbu talaba diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
  8. Roman-german tillar fakulteti 4-kurs talabasi Norboeva Nuriniso Usan qizi “O‘zbekiston yoshlar forumi-2021” haftaligi doirasida o‘tkazilgan Poliglot bellashuvida faxrli 2-o‘rinni egalladi, Ushbu talaba diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
  9. Roman-german tillar fakulteti 3-kurs talabasi Islamova Ozoda G‘ulom qizi “O‘zbekiston yoshlar forumi-2021” haftaligi doirasida o‘tkazilgan Poliglot bellashuvida faxrli 3-o‘rinni egalladi, Ushbu talaba diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
  10. Roman-german tillar fakulteti 3-kurs talabasi Davronova Nafisa Davir qizi “O‘zbekiston yoshlar forumi-2021” haftaligi doirasida o‘tkazilgan Poliglot bellashuvida faxrli 3-o‘rinni egalladi, Ushbu talaba diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
  11. Roman-german tillar fakulteti 3-kurs talabasi Amrqulova Farangiz YOqub qizi “O‘zbekiston yoshlar forumi-2021” haftaligi doirasida o‘tkazilgan Poliglot bellashuvida faxrli 3-o‘rinni egalladi, Ushbu talaba diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
  12. Roman-german tillar fakulteti 3-kurs talabasi Nigmatova SHag‘zoda “O‘zbekiston yoshlar forumi-2021” haftaligi doirasida o‘tkazilgan Poliglot bellashuvida faxrli 2-o‘rinni egalladi, Ushbu talaba diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi
  13. 1-kurs magistranti Abdurasulova Yulduz “O‘zbekiston yoshlar forumi-2021” haftaligi doirasida o‘tkazilgan Poliglot bellashuvida faxrli 1-o‘rinni egalladi, Ushbu talaba diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
  14. Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti 4 kurs talabasi Alangova Aziza SHerali qizi 2020/2021 o‘quv yilida Navoiy davlat stipendiyasini qo‘lga kiritganligi hamda ilmiy yutuqlari va jamoatchilik ishlaridagi tashabbuskorligi va faolligi uchun Tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-12-26 18:30:00 125