Kirib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan fakultetlar bir qator xayriya tadbirlarni o’tkazishmoqda. Jumladan, institutning Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti “Ingliz filologiyasi” kafedrasi o'qituvchilari hamda talaba-yoshlari hamkorlikda Samarqand viloyat bolalar uyi, shuningdek, ixtisoslashtirilgan 60-sonli ko'zi zaif bolalar internat-maktabida bo’lib, "Yangi yilni yangi orzu-niyatlar bilan kutamiz" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy xayriya tadbirlarni tashkil etishdi.
Tadbir davomida fakultet talabalari bolalarga yaxshi kayfiyat ulashish maqsadida o’zlari tomonidan tayyorlangan chiroyli tabriklar, raqslar, kuy-qo'shiqlar, kichik sahna ko’rinishlarini namoyish etishdi va Yangi yil sovg'alarini bolalarga tuhfa etishdi.
Mazkur xayriya tadbirlarining tashkil etilganligi uchun Samarqand viloyat bolalar uyi va 60-sonli ko'zi zaif bolalar internat-maktablari ma’muriyati Samarqand davlat chet tillar institutiga, xususan, Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetiga o’zlarining cheksiz minnatdorchiliklarini bildirishdi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain





