Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurgan Chelyabinsk davlat madaniyat instituti professorlari A.V.Yakovlevna, U.O.Grigorevnalar 13-noyabr kuni institut talabalari o‘rtasida seminar-treninglar o‘tkazishdi.

Seminar-trening “Chet tilini o‘qitish metokasi” mavzusi ostida bo‘lib o‘tdi. Bundan ko‘zlangan maqsad xorijiy tillarning shakillanish jarayoni, ularni o‘rganish va o‘rgatish usullari, chet tilini o‘qitish hamda o‘rganish metodlari xususiyatlari va ularning bir-birining qiyosiy jihatlari haqida institut talabalariga yetarli darajada ma’lumotlar taqdimot ko‘rinishida berish bo‘ldi.

Seminar-trening yakunida talabalarda savol-javob va qiziqish ishtiyoqi baland bo‘ldi.

Share:
2018-11-13 19:45:00 86