Xabaringiz bor, mahtaram Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” loyihasi doirasida mamlakatimizda bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, bog’larga, hovlilarga ko’chalar atroflariga daraxt va buta koʻchatlarini ekish, shu orqali shaharimizdagi yashil maydonlarni ko’paytirish kabi ishlar qilinmoqda.

Shu munosabat bilan joriy yilning yanvar-mart oylarida Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasi tomonidan ham yaxshi niyat bilan “Yashil makon” loyihasi doirasida o’quv binolari atroflariga, institut hududiga archa ko’chatlari, shuningdek, 1000 dan ortiq mevali va manzarali daraxtlar hamda 5000 mingdan ortiq har xil mavsumiy gullar ekilib, hududlar yanada ko’kalamlashtirilmoqda.

Bugun biz ekayotgan koʻchatlar shu shaharning ekologik muhitini yaxshilashga xizmat qiladi. Buning uchun koʻchatlarning ildiz otib, sersoya daraxtlarga aylanishi uchun parvarishlash ishlarini ham yoddan koʻtarmaslik zarur.

Share:
2022-04-05 13:46:51 1603