14 noyabr kuni Janubiy Koreyaning Hanbat milliy universiteti rahbariyati vakillari, prorektorlar Kim Yun-Kee va Oh Yong-Jun hamda xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’I Hwang Sun-Poylar SamDChTIga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida SamDCHTI prorektori F.Ro’ziqulov, xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i O.Yusupov va Uzoq sharq tillari kafedrasi mudiri D.To’rayevalar bilan rasmiy uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda o’zaro ilm-fan va ta‘lim sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, bakalavriat bosqichida 2+2 dasturini amalga oshirish, magistratura talabalari uchun o’zaro ilmiy rahbar almashinuvi va o’qituvchilar almashinuvi, ilmiy maqolalar almashinuvi va hamkorlikda ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish bo’yicha muzokaralar olib borildi.

Share:
2018-11-14 17:55:00 86