Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 19-mart kuni o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularga axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini singdirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish orqali ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida qator vazifalar belgilab berildi.

Shu munosabatda Samarqand davlat chet tillar institutida ham tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, o’tkazilayotgan 27-spartakiada doirasda fakultetlararo talabalar o'rtasida sportning “Yengil atletika” turi bo’yicha musobaqa bo’lib o’tdi. Unda barcha fakultet talabalari o’zlarining faolliklarini ko’rsatishgan holda ishtirok etishdi.

Musobaqa natijalariga ko’ra, 1-o’rinni Sharq tillari fakulteti talabalari, 2-o’rinni Roman-german tillari fakulteti talabalari, 3-o’rinni Ingliz tili-II fakulteti talabalari qo’lga kiritishdi. Mana shunday sport tadbirlari Samarqand davlat chet tillar institutida muntazam tashkil etilib boriladi. Joriy yilning 14-aprel kuni Qo’shma ta’lim dasturlari fakultetida “Dekan kubogi” futbol musobaqasi bo’lib o’tgan edi. Institutning boshqa fakultetlari dekanlari tomonidan ham mana shunaqa sport tadbirlarining tashkil etilishini kutib qolamiz.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-04-16 14:32:54 1620