Sog’lom turmush tarzini yaratish borasida mas’ulmiz

 

Oʻzbekiston haqiqiy maʼnoda yoshlar mamlakati. Bu yurtda ulgʻayayotgan yigit-qizlarning orzulari va oʻz oldiga qoʻygan maqsadlari bisyor. Davlat rahbarining tashabbusi va yoshlarning har tomonlama qoʻllab-quvvatlanayotganligi hamda ularga keng imkoniyatlarning yaratilayotganligi esa bu maqsadlarni amalga oshirishda koʻmak beradi.

Muhtaram Prezidentimizning“Biz oʻz oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulugʻ maqsadni qoʻygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulugʻbeklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, taʼlim va tarbiyani rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy gʻoyamizning asosiy ustunlari boʻlib xizmat qilishi lozim”, – deya alohida te’kidlagan soʻzlari yoshlar uchun katta marralar sari yoʻl ochdi.

O‘zbekistonda qurilayotgan fuqarolik jamiyati, hayotimizga kirib kelayotgan modernizatsiya jarayonlari va islohotlar samarasi, eng avvalo, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini oshirish, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishga qaratilgan. Globallashuv jarayonida demokratik nuqtayi nazardan yangilanayotgan, o‘zgarayotgan hayot yoshlarimizni o‘ziga xos sinovdan o‘tkazmoqda. Jamiyatning kelajagi yoshlar bilan bog‘liq va ular taraqqiyotning asosiy kuchi hisoblanadi. O‘z navbatida, yoshlarimiz ham ilm-fan va boshqa sohalarda erishayotgan yutuqlari bilan davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikka munosib javob bermoqdalar.

Shular qatorida sport sohasida ham talaygina ishlar amalga oshirilmoqda. Shuning uchun soʻnggi yillarda yurtimizda aholini, ayniqsa, yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning sogʻlom hayot kechirishlarini taʼminlash masalasi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Amalga oshirilayotgan ishlar samarasi o‘laroq  bugungi kunda mamlakatimiz sport bo’yicha jahonning yetakchi mamlakatlari qatorida o’z o’rnini mustahkam egallab bormoqda.

Darhaqiqat, bugungi kunda hech bir davlatni dunyoga sport sohasichalik tez tanitadigan soha bo‘lmasa kerak. Ma’lumki, hammamizga hukumatimiz tomonidan qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati” to’risidagi qonunning mazmuniga asosan sport sohasiga alohida e’tibor qaratilgan. Shu bois yoshlarga doir olib borilayotgan davlat siyosati: bu borada mavjud qonunchilik, yangi qarorlarning qabul qilinishi va islohotlarning amalga oshirilishi  mustahkam, kuchli tayanch bo‘lmoqda. O‘zbekistonda yoshlarga mamlakatning kelajagi sifatida e’tibor berilib, ularning har tomonlama rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratib kelinmoqda.

Bu borada Samarqand davlat chet tillari instituti Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetida sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish va talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida sportning har xil turlari bo‘yicha talabalar hamda professor-o‘qituvchilar o‘rtasida fakultet rahbariyati tashabbusi bilan “Dekan kubogi” musobaqalari tashkil etilib kelinmoqda.

Ushbu sport musobaqalarida talaba-yoshlarning faol ishtirok etishi, albatta, davlatimizning sportga qaratayotgan katta e’tiboridan dalolat beradi. Dastlab, aql-idrok jangi bo‘lmish  shaxmat-shashka bo‘yicha professor-o‘qituvchilar hamda  talabalar bellashishdi. Ushbu jarayonda talabalar hamda ularning ustozlari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar  sport insonni do‘stlashtirishiga yana bir bor isbotini topdi. O‘yinlarning qizg‘inligi esa baxslarning yanada ajoyib ravishda o‘tishini ta’minlab berdi.

“Dekan kubogi” haftaligining keyingi kunlarida esa navbati bilan sportning voleybol, futbol hamda stol tennisi turlari  bo’yich ham musobaqalar o’tkazildi. Musobaqalarda har doimgidek ishtirokchilar o‘rtasida faol raqobatni shakillantirishga katta e’tibor qaratildi. Undan tashqari musobaqalarda  yoshlar o‘rtasida do‘stlik tuyg‘ulari, fakultet oilasi sifatida birdamlik hislari ham mukammal darajada yuksaldi desak, mubolig‘a emas.

Go‘liblarga esa bir qator estalik sovg‘alari hamda  musobaqaning  bosh sovrini bo‘lmish kubok tantanali ravishda fakultet dekani Erkinov Suxrob Erkinovich tomonidan topshirildi.

Mirzaqulov Anvar Choriyevich,

Samarqand davlat chet tillar instituti

Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti

yoshlar bilan ishlash bo‘yicha

dekan o‘rin bosari.

Share:
2022-05-18 21:15:40 295