2018 yil 22-23 noyabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilgan Inson xuquqlari bo‘yicha umumjahon Deklaratsiyasining 70 yilligiga bag‘ishlangan Osiyo forumini yuqori saviyada o‘tkazilishida SamDCHTIdan 85 nafar professor-o’qituvchilar va talabalar faol ishtirok etishdi.
Xalqaro Forum doirasida Samarqandga tashrif buyurgan xorijlik ishtirokchilarga ma’lum tajribaga ega bo‘lgan va tegishli chet tillarni yaxshi o‘zlashtirgan yuqori kurs talabalari, magistrantlar va yosh o‘qituvchilar tarjimon-volontyor hamda gid-tarjimon sifatida hamrohlik qilishdi.
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain







