SamDChTI Roman-german tillar fakulteti ingliz tili filologiyasi 108-guruh sardori Xudoyorova Farangiz ayollar kurashi bo'yicha "Olimpiya harakati" sport musobaqasida 53kg vazn toifasida faxrli 2-o'rinni egallab, 30-noyabr 3-dekabr kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan Respublika kubogi musobaqasiga yo'llanma oldi.

Shuningdek, Farangiz Xudoyorova "Zulfiya" nomidagi davlat mukofotining "Jamoatchilik " yo'nalishida viloyat bosqichida 1-o'rinni egallab Respublika bosqichiga yo'llanma oldi.

Share:
2018-11-30 16:15:00 87