Samarqand davlat chet tillar institutida qirg‘iz xalqining ulug‘ yozuvchisi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. Ziyoli olimlar, Yozuvchilar uyushmasining a’zolari, ijod fondi viloyat bo‘limi vakillari va institut talabalari ishtirok etgan tadbir qizg‘in ma’ruza va bahs munozaralarga boy bo‘ldi.
Tadbirni SamDChTI rektori I.M.Tuxtasinov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbirda so‘zga chiqqan yozuvchi va shoirlar Eshqobil Vali, Toshpo‘lat Tugal, dotsentlar A.Turopov va M.Xolovalar xayotlik chog‘idayoq mumtoz adib ekanligi tan olingan Chingiz Aytmatovning xayoti va ijodining turli qirralariga to‘xtalib, uning jahon adabiyoti tarixida tutgan o‘rni, so‘z san’ati borasidagi novatorligi to‘g‘risida gapirishdi. Ch. Aytmatov asarlarida ezgulik mohiyatini rang-barang, ilohiy-falsafiy, insonparvarlik bilan chambarchas aloqada tasvirlaydi. Natijada uning asarlarini ijtimoiy ahamiyati va roli yanada yuksak baholanadi... Bunday asarlar kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, kitob mutolaasini targ‘ib qilish borasida bebaho ahamiyatga ega.
Buyuk qirg‘iz adabining xotira kechasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 apreldagi farmoni ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etildi.
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain





