Samarqand viloyati hokimligi xalq ta’lim boshqarmasi tasarrufidagi 137 nafar bolalar ta’lim-tarbiya olayotgan 10-Mehribonlik uyiga 2018-yil 19-dekabr kuni Samarqand davlat chet tillar instituti Tarjima nazariyasi va amliyoti fakulteti dekani B.Odilov rahbarligida 1-bosqich Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishi talabalari tashrif buyurishdi.
Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga talabalar “Salom yangi yil” mavzusi ostida badiiy-musiqiy chiqishlarini namoyish etishdi.
Tadbirda bolalar bilan birgalikda aqlni charhlovchi tezkor savol-javoblar, topishmoqlar, harakatli o‘yinlar o‘tkazishdi. Shuningdek, mehmon talabalar bolalarga shirinliklar, archa o‘yinchoqlari, o‘quv qurollari va yangi yil sovg‘alari ulashishdi.
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain




