Samarqand davlat chet tillar institutining Roman-german tillari fakultetida yangi yil bayrami juda keng miqiyosida nishonlandi. Bayram tadbirini fakultet dekani B.Primov ochib berdi va quyidagi misralar bilan butun institut jamoasini yangi yil bayrami bilan qutladi.
Yangi tilak, yangi umid, yangi kunda,
Diydor shirin bayramlarning zavqi shunda.
Yana bir yil nihoyasi qutlug‘ kunda,
Yangi yilga birga qadam qo‘ying, do‘stlar!
Bayram tadbirida professor-o‘qituvchilar, magistrantlar va bakalavr talabalar, butun institut jamoasi ishtirok etishdi. Tadbirda Qorboblar chiqishlari, sahna ko‘rinishlari, turli xil intermediyalar, raqs va qo‘shiqlar talabalar tomonidan ijro etildi.
Tadbir so‘ngida bayramni tashkil qilishda yaqindan yordam bergan va sahnada faol ishtirok etgan talabalar tashakkurnoma hamda faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain






