Samarqand davlat chet tillar institutida yigirmaga yaqin ilmiy to‘garaklar faoliyat olib bormaqda. To‘garaklarga iqtidorli talaba-yoshlar jalb qilinib, to‘garak faoliyati institutimizning yetakchi professor-o‘qituvchilarining boy tajribalari bilan yanada ilmiy-ijodiylik kasb etmoqda.

Mana shunday to‘garaklardan biri bugun “Til nazariyasi va adabiyotshunoslik kafedrasi” qoshida ochilgan “Yosh tilshunos va adabiyotshunos” to‘garagida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd) Xolova Maftuna Abdusalamovna tomonidan o‘tkazildi.

To‘garakda kafedra mudiri dotsent A.Turobov, dotsent B.Turniyozov, o‘qituvchi D.Mamirova va magistr talabalar ishtirok etishdi. To‘garakda “Istiqlol davri she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusi bahs-munozara bilan yoritildi. Yurtimiz istiqlolga erishganidan keyin jamiyatdagi har bir sohada o‘zgarishlar bo‘lganidek, so‘z san’ati bo‘lmish adabiyotda, xususan, she’riyatda ham shakl va mazmunda katta o‘zgarishlar yuz berdi. Istiqlol davri she’riyatida inson hissiyotlari, kechinmalari asosiy o‘ringa chiqdi. Adabiyot – inson qalbining tarjimoniga aylanganligi to‘garak a’zolariga istiqlol davri shoirlari Faxriyor, Baxrom Ro‘zimuhammad, Abduvali Qutbiddin kabilarning she’rlari misolida yoritib berildi.

Share:
2019-01-15 15:10:00 86